Avstriya Konstitutsion sudi raisi Brigitte Birlyayn mamlakat kansleri bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen parlamentning navbatdan tashqari saylovlarigacha Birlyaynni vaqtinchalik kansler etib tayinladi.
Avstriya parlamenti Kurts hokimiyatiga ishonchsizlik votumi e’lon qildi.
O‘tgan haftada ommaviy axborot vositalarida Ibitsada Avstriyaning sobiq vitse-kansleri Xaynts-Kristian Shtraxening “Rossiya millionerlari” bilan saylovlarda yordam olishni muhokama qilgan video tarqaldi. Janjaldan so‘ng Shtraxe iste’foga chiqdi.
28-may kuni Avstriya prezidenti Aleksander Van der Bellen uni mamlakat kansleri lavozimidan ozod qilgan. Hukumat boshlig‘ining vaqtincha vazifa bajaruvchisi lavozimiga vitse-kansler Xartvig Lyoger tayinlandi.
Izoh (0)