Shotlandiya hukumati mamlakatning Buyuk Britaniyadan mustaqil ekanligi haqidagi ikkinchi marta referendum o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjenning ta’kidlashicha, ushbu saylov aholiga “Yevropa xalqi” yoki “bo‘yniga Brexit ilingan” davlat bo‘lishni tanlash imkoniyatini beradi.
O‘tgan yili OAVlar Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan ikkinchi referendumsiz chiqib ketishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)