O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi o‘tkazgan matbuot anjumanida geoinnovatsiya hamda toponimika yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berildi, bu haqda O‘zA xabar beradi.
“Geoinnovatsiya markazi” DUK mutasaddilarining aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ega bo‘lmasdan turib respublika hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, o‘tkazish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi. Noqonuniy holatlar kuzatilganda Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Tadbirda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi mutaxassislari geografik obyektlarni nomlash borasidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Unga ko‘ra, bugungi kunda Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestrida 81 ming 130 ga yaqinni tashkil etmoqda.
20 ming 360 geografik obyekt hududlardagi toponimika komissiyalari ishtirokida qayta nomlangan.
Izoh (0)