28-may kuni O‘zbekistonning yetakchi OAV vakillari uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumaniga press-tur tashkil etildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.
Tadbirda davomida jurnalistlar ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan issiqxonalarning afzalliklari bilan tanishdi.Toshkent viloyatida bir xil tabiiy sharoit, bir xil maydon va bir xil mahsulot (pomidor) yetishtirishga ixtisoslashgan – ko‘mirda ishlovchi “Turon tomatoes” va tabiiy gazda ishlovchi “Parranda sanoat Baraka” issiqxona xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatadi.
Yoqilg‘i-energetika resurslarini 1 gektarga hisobga olgan holda mahsulot yetishtirish, tabiiy gazdan ko‘ra, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish evaziga yetishtirilgan mahsulotlar 36 foizga arzonroq yoki 90 million so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad olishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, mavsum davomida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalangan holda mahsulot yetishtirilsa, 489 million so‘m xarajat qilingani holda 1 milliard 320 million daromad olinib, sof foyda 832 million so‘mni tashkil etadi.
Ko‘mir sotib olishga - 160 million so‘m (ma’lumot uchun: 1 tonna Qozog‘iston ko‘mirining narxi 800 ming so‘m) yoki barcha xarajatlarning 33 foizini tashkil etadi.
Tabiiy gazdan foydalangan holda mahsulot yetishtiriladigan issiqxonalarda mavsum davomida o‘rtacha 579 million so‘m gaz to‘loviga sarflanadi. Daromad – 1 millard 320 so‘mni, sof foyda esa – 741 million so‘mni tashkil etadi. Bunda tabiiy gaz xarajati 250 million so‘mni (1 m3 = 1000 so‘m) yoki umumiy xarajatlarning 43 foiziga teng bo‘ladi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ekologiya nuqtai nazaridan olganda, tabiiy gaz yoqilganda ko‘mir yonganidagi kabi yuqori haroratda azot oksidi ajralib chiqadi. Faqat ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish uchun tozalovchi qo‘shimcha uskunalar talab etiladi, ya’ni bu uskunalar atmosferaga chiqadigan zararli chiqitlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)