• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    DSQ o‘tgan haftada QQS hisobotlari bo‘yicha 21 mlrd so‘mlik kamchiliklarni aniqladi

    So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i yana ko‘plab munozalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan biriga aylandi. Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu mavzu yuzasidan ko‘pchilikni qiziqtirayotgan dolzarb savollarga javob olish maqsadida qo‘mita tahlil boshqarmasi boshlig‘i Xolbo‘ta Ismatov bilan intervyu uyushtirdi. Quyida intervyu to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    —  Joriy yilning birinchi yarmi yakunlanishiga ham tobora oz vaqt qolmoqda. Aytingchi, soliq islohotlarining dastlabki natijalari bo‘yicha qanday xulosalarni chiqarish mumkin va QQS bilan bog‘liq o‘zgarishlarni biznes subyektlari o‘z faoliyatida qanchalik his etdi?

    — Soliq islohotlarining dastlabki natijalari kichik va yirik biznes subyektlari o‘rtasida soliq yukini tartibga solish bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. Hozirga kelib umumbelgilangan soliqlarni to‘layotgan subyektlar safiga qo‘shimcha ravishda 30 mingta yangi soliq to‘lovchi qo‘shildi.

    Aynan QQS haqida to‘xtalib shuni aytish mumkinki, ushbu soliqning ommaviyligini uni hisob-kitob qilishning murakkab jihati bilan emas, balki kichik tadbirkorlik subyektlarining yirik biznes vakillari bilan keng hamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratib berishi bilan ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratish zarur.

    Davlat soliq qo‘mitasiga har kuni QQS to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tish bo‘yicha yuzdan ortiq ariza kelib tushmoqda.

    Birgina joriy yilning I choragida 4 ming nafar soliq to‘lovchi QQSni to‘lashni ixtiyoriy ravishda tanladi.

    Bu, QQS eng avvalo biznes uchun raqobat muhitini yaratishga imkon berayotganligini, bu esa tadbirkorning o‘z mijozlarini yo‘qotmaslik uchun ham tadbirkorga QQSning yagona tamoyili bo‘lgan moslashuvchan narx siyosatiga o‘tishlari uchun omil bo‘lmoqda. Shu o‘rinda mazkur soliq ma’muriyatchiligidagi ba’zi mavjud muammolar haqida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.

    Ko‘plab savollar QQSni hisoblab chiqarish, mavjud imtiyozlar, qoldiq tovarlar bo‘yicha QQSni hisobga olish bilan bog‘liq bo‘lib, soliq to‘lovchilar uchun bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqargan.

    Aksariyat soliq to‘lovchilar QQSning foydali jihatlarini hamon tushunib yetmayapti. Lekin buni islohotlar davrida duch kelinadigan tabiiy jarayon deb qabul qilmoq joiz.

    — Mamlakatimizda soliq islohotlarining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining ekspertlari jalb qilingan. Soliq organlarining ushbu jarayonlardagi ishtiroki qanday bo‘lmoqda?

    — Darhaqiqat, hozirda mamlakatimizda nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlaridan iborat bir qancha katta guruhlar ish olib bormoqda va Davlat soliq qo‘mitasi islohotlar bardavomligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan ular bilan uzviy hamkorlik qilib kelmoqda.

    Xalqaro ekspertlar bilan birgalikda QQS ma’muriyatchiligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun maxsus loyiha joriy etilgan.

    Toshkent shahri va Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlarining 50 nafar xodimlari uchun QQS to‘lovchilari bilan ishlash bo‘yicha ikki haftalik trening tashkil etildi.

    Ushbu trening odatiy malaka oshirish seminarlaridan farqli o‘laroq, biznes va soliq organlari o‘rtasida ishonchli munosabatlarni shakllantirishga qaratildi.

    Trening davomida soliq to‘lovchilarning bevosita daromadlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi QQS hisobini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha tushunchalar berildi.

    Trening yakunida ishtirokchilar QQS to‘lovchilari huzuriga nazorat-maslahat tashrifi bilan borgan holda, ular uchun QQSni qo‘llash tartibini yaqindan tanishtirib, birma-bir ko‘rsatib o‘tdilar.

    Hozirda trening Farg‘ona vodiysida o‘tkazilib, unda uchta viloyat soliq boshqarmalari mutaxassislari malakasi oshirilmoqda.

    Bunday treninglarni respublikamizning barcha hududlarida tashkil etish orqali QQSni qo‘llashda yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni boshqarish loyihasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirganmiz.

    — Ishbilarmon doira vakillarida QQS hisoboti bilan bog‘liq masala dolzarb mavzulardan biri bo‘lib turibdi. So‘nggi vaqtlarda soliq organlari tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarga soliq to‘lovchilarning munosabati qanday bo‘lmoqda?

    — Birinchi navbatda, soliq to‘lovchilar savodxonligini oshirish va soliq to‘lashdan qochishlarini oldini olish maqsadida QQS bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish va qayta ishlashning test tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi.

    Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyati to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar bazasiga ega.

    Shu o‘rinda kichik bir sirni ochishimiz mumkin, biz 43 ta tashqi manbaga ulangan yagona axborot bazasini yaratishga muvaffaq bo‘ldik va bu real vaqt rejimida har bir soliq to‘lovchidan ma’lumotlarni onlayn olib turish imkonini bermoqda.

    Ushbu tizim orqali biz soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarishdan tortib, uning realizatsiyasiga qadar har qanday amaliyotlarni kuzatib borishimiz mumkin.

    Tahlillar asosida QQS sababli soliqqa tortishdan qochish va asossiz foyda olish uchun turli yo‘llarni qo‘llashning xavflilik hududini belgilab oldik.

    Xavflilik darajasi eng yuqori bo‘lgan, ya’ni o‘z aylanmasini yashiradigan va QQS miqdorini oshirib ko‘rsatadigan soliq to‘lovchilar uchun “shaxsiy kabinetlari” orqali QQS hisobotlarini qabul qilishda tegishli ko‘rsatkichlarni tasdiqlovchi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishlariga doir xabarnomalar yuborildi.

    O‘z navbatida, soliq organlari olingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarga soliq miqdorini aniqlash va hisobotlarni to‘ldirishda amaliy yordam berdi. Bunda Call-markaz ham faol ishtirok etib, hozirda har kuni qariyb ming nafar soliq to‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

    Umuman olganda, bu xalqaro miqyosda o‘z tasdig‘ini topgan amaliyot bo‘lib, unda QQS to‘lovchisi biron bir soliq tekshiruvini o‘tkazmasdan uning hisobini olishning haqiqiyligini tasdiqlashi kerak.

    Ta’kidlash lozimki, ushbu tajriba qisqa muddatda o‘zining ijobiy natijasini berishi mumkinligini isbotladi. Yuzlab soliq to‘lovchilar mavzuli ekspress-o‘rganishlarsiz va javobgarlikka tortilmagan holda, o‘z xatolarini to‘g‘irlash imkoniga ega bo‘ldilar.

    — Soliq qonunchiligini buzganlarga qanday choralar ko‘rilmoqda?

    — Soliq organlarining asosiy maqsadi soliq to‘lovchilarga o‘z xatolarini tuzatishiga yordam berish, shuningdek, ularning faoliyatini doimiy monitoring qilib borishdan iboratdir.

    Monitoring natijalari kelgusida soliq to‘lovchilar bilan manzilli ishlashni aniqlab olish imkonini beradi.

    Misol uchun, biror firma nomini keltirmagan holda shuni aytishim mumkinki, omborxonasida hech qanday tovari bo‘lmay turib, QQS bo‘yicha hisobotda ularning mavjudligini ko‘rsatgan va 2,7 mlrd. so‘mni QQS bo‘yicha (manfiy QQS) kelgusi to‘lovlar hisobini olish to‘g‘risida ma’lum qilingan.

    Agar shu kabi holatlar boshqa mamlakatlarda sodir bo‘lganda, soliq to‘lovchi jazolanishi va hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

    Lekin biz bu yo‘ldan bormadik: soliq organlari mutaxassislari xatolikka yo‘l qo‘ygan soliq to‘lovchini javobgarlikka tortmagan holda, unga soliq hisobotini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha zarur tushuntirishlarni berib, yaqindan amaliy yordam ko‘rsatdi.

    Ta’kidlash joizki, birgina o‘tgan haftada QQS hisobotlari bo‘yicha 21 milliard so‘mlik kamchiliklarni aniqladik va ularni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldik.

    — QQSdan yashiringan yoki undan foydalanish qoidalarini buzganlarni qanday qilib aniqlaysiz?

    — Agar avval soliq organlarining nazorat faoliyati faqat uzoq muddatli soliq tekshiruvlariga asoslangan bo‘lsa, endi biz ushbu amaliyotdan voz kechgan holda, “Zamonaviy boshqaruv” deb ataladigan masofadan turib nazorat qilishning yangi shakllariga o‘tdik.

    Ayni shu maqsadni amalga oshirish yo‘lida DSQ tarkibida soliq to‘lovchilarni segmentlash va tahlil qilish bo‘yicha yangi boshqarma tashkil etildi.

    Endilikda nazorat tadbirlarini amalga oshirishni boshlashdan oldin maxsus dasturiy mahsulot orqali soliq to‘lashning eng yuqori xavfi mavjud bo‘lgan “nomzodlar” aniqlanib olinadi.

    Ushbu soliq to‘lovchilarning 90 foizdan ortig‘i ularga bevosita huzuriga bormagan holda aniqlanadi.

    — Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qanday ustuvor vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilgan?

    — Yaqin kunlarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki mutaxassislari ishtirokida soliq tizimini rivojlantirish strategiyasi qabul qilinadi.

    Hozirda ushbu hujjat loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz saytiga joylashtirilgan.

    Bizning asosiy maqsadimiz soliq organlarini soliq to‘lovchilar uchun servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi xizmatga aylantirish va soliq majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

    Bu yo‘lda elektron servis xizmatlari, misol uchun, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn kassa apparatlari kabi turli xizmatlar joriy etiladi hamda shu asosida soliq to‘lovchilar majburiyatlarini bajarish tartibi soddalashtiriladi, soliq organlari xodimlari bilan munosabatga kirishish orqali bajariladigan amaliyotlar kamaytiriladi.

    Xalqaro ekspertlar bilan birgalikda kichik biznes uchun buxgalteriya dasturlarini yaratish ustida ishlamoqdamiz. Unda soliq to‘lovchi birlamchi ma’lumotlarni kiritish orqali yuqori sifatli hisob-kitob tizimiga ega bo‘ladilar.

    Yana bir muhim yo‘nalish mustaqil ravishda tavakkalchiliklarni boshqarish modelini joriy etishga qaratilgan.

    Misol uchun, bugungi kunda biz soliq to‘lovchilarga kontragentni tekshirishga imkon beruvchi QQS to‘lovchilarining yagona ro‘yxatini yaratdik.

    Bu juda muhim hisoblanadi, chunki 2019-yil 1-iyuldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridorlari ushbu soliqni to‘lovchi hisoblanmaydigan yetkazib beruvchining hisob-fakturasida ko‘rsatilgan QQS miqdorini hisobga olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

    O‘ylaymizki, ushbu sa’y-harakatlarimizning barchasi soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida boshlangan amaliy ishlarimizning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qiladi.

    28.05.2019, 16:50   Izoh (0)   9905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 2,5 asrlik tangani Moskvaga olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi

    28.05.2019, 16:27

    Toshkent viloyatidagi Cinara’s restorani auksionga qo‘yildi

    28.05.2019, 16:15

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari tayinlandi

    28.05.2019, 16:13

    O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

    28.05.2019, 15:45

    Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘ladi

    28.05.2019, 15:22

    “Vaqf” fondi: Fond rahbari vaqf mulki sifatida berilgan uyda yashayotgani haqidagi uydirmalar bilan fitna qo‘zg‘atilmoqda

    28.05.2019, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Motosikl va skuter o‘rtasida sodir bo‘lgan YTHda 2 haydovchi vafot etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 18:05

    Germaniyada ishlashga yuborilgan 14 nafar o‘zbek talabasiga yordam ko‘rsatildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:40

    Vitaliy Denisov: “Asosiy vazifa bajarildi, endi yangi marralarni zabt etish kerak”

    Sport | 8 iyun, 17:37

    Isroil yordam punktida otishma sodir etdi

    Dunyo | 8 iyun, 17:15

    Iste’dodlar fabrikasi — Bo‘zatov FEST yangi yulduzlarni kashf etdi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 17:00

    Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 16:17

    O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 15:26

    Kolumbiya prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirildi

    Dunyo | 8 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.