• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyati takomillashtiriladi

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar berdi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinishi mumkin:

    • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘linmalarining belgilangan shtatlari doirasida Ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigini;

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining xizmat itlari pitomniklari va tuman (shahar) ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalarining belgilangan shtatlari doirasida tumanlararo kinologiya bo‘linmalarini tashkil etish.

    Belgilanishicha:

    • naslchilik pitomnigi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga bevosita bo‘ysunadi va o‘z vakolati doirasida respublika ichki ishlar organlari ehtiyojlari uchun yaroqli bo‘lgan zotdor xizmat itlarini sotib olish, ko‘paytirish, yetishtirish va yosh itlarini boshlang‘ich ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ixtisoslashtirilgan bo‘linma hisoblanadi;

    • kinologiya xizmatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalariga bevosita bo‘ysunadi hamda hududiy ichki ishlar organlariga jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda ko‘maklashadi.

    Quyidagilar:

    a) naslchilik pitomnigining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

    • nasldor itlarni tanlash, baholash, juftliklarni to‘g‘ri saralash hamda o‘z vaqtida urchitish ishlarini olib borish;

    • ichki ishlar organlari uchun xizmat sifatlari yuqori bo‘lgan hamda zot standart talablariga javob beradigan kuchuk bolalarini yetishtirish, ularni o‘stirish va kinolog xodimlarga biriktirilishiga qadar parvarishlash;

    • zotdor itlarni ko‘paytirish va saralash, shuningdek ularning ish sifatini yaxshilashda mahalliy iqlimga moslashishlari va turli xildagi kasalliklarga bardoshligini oshirishda ilmiy va amaliy faoliyatini amalga oshirish;

    • xizmat itlarining sifatini, zotini va mahalliy iqlim sharoitiga moslashishini yaxshilash maqsadida nasl olish ishlarining zamonaviy usullarini tatbiq etish;

    • manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek jamoatchilik tashkilotlari bilan zotdor itlar sonini oshirish masalalarida hamkorlik qilish;b) kinologiya xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

    • og‘ir va o‘ta og‘ir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

    • jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilarni aniqlashda ishtirok etish;

    • ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishda qatnashish.

    Belgilab qo‘yilishicha:

    • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining Kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

    • kinologiya bo‘linmalari xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

    • kinologiya bo‘linmalarida xizmat o‘tash uchun ko‘rilayotgan nomzodlar ushbu xizmatlarda bir oylik sinov muddatidan o‘tkaziladi va mazkur xizmat boshliqlarining xulosalari asosida lavozimga tayinlanadi;

    • kinologiya bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh lavozimlarga tayinlanayotgan va yangidan ishga qabul qilinayotgan xodimlar o‘z lavozimlarida kamida besh yil xizmat o‘tashlari ta’minlanadi;

    • sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi hamda shaxsga qarshi jinoyatlarning voqea joyini dastlabki ko‘zdan kechirish kinolog xodim tomonidan xizmat iti yordamida majburiy tartibda amalga oshiriladi;

    • o‘rnatilgan tartibda xizmatga yaroqsiz deb topilgan xizmat itlari kinolog xodimlarning istagiga ko‘ra ularga beg‘araz tarzda beriladi;

    • har bir og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, shuningdek shaxsga qarshi jinoyatlarni bevosita xizmat itlari yordamida fosh etgan kinologiya xizmatlari xodimlari byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

    • kinologiya xizmatlari xodimlariga xizmatdan tashqari paytlarda xizmat itlarini yashash manzillarida saqlashga ruxsat beriladi;

    • kinologiya xizmatlari xodimlari uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta’lim olishga qabul qilinadigan xodimlar (harbiy xizmatchilar) umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda, innovatsion g‘oyalar asosida tizimda yangilik yaratish va sohani takomillashtirishda munosib hissa qo‘shgan, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan kinologiya xizmati xodimlarini taqdirlash maqsadida quyidagi idoraviy ko‘krak nishonlari ta’sis etish haqidagi taklifi ma’qullanishi mumkin:

    I. “3-toifali kinolog xodim”;II. “2-toifali kinolog xodim”;III. “1-toifali kinolog xodim”.

    27.05.2019, 13:46   Izoh (0)   17633
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning yetakchi turistik kompaniyasi Germaniyadan avtobusda yo‘lga chiqdi. Karvon O‘zbekiston orqali Xitoyga boradi

    27.05.2019, 13:22

    Paxtachi tumaniga yangi hokim tayinlandi

    27.05.2019, 13:04

    Paxtachi tumani hokimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi

    27.05.2019, 12:45

    “Maxsustrans” faoliyati davomida ilk bor qariyb 300 mln so‘mlik sof foydaga ega bo‘ldi

    27.05.2019, 12:34

    Farg‘onada qarzdorligi bo‘lmagan fuqaroni aldab, pul undirmoqchi bo‘lgan MIB xodimi qo‘lga olindi

    27.05.2019, 12:25

    7 yoshli Jo‘rabekning hayotini asrab qolaylik!

    27.05.2019, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.