Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti, Samarqand davlat universiteti hamda Markaziy harbiy okrugi bu borada ezgu ishga qo‘l urdi. 1576—1656-yillarda yashab, Samarqandda ulkan obodonchilik ishlarini amalga oshirgan, Registon maydonidagi Sherdor hamda Tillaqori madrasalarini qurdirgan hukmdorlardan biri Bahodir Yalangto‘sh hayoti, faoliyati, shaxsiyati, tarixda tutgan o‘rni haqida keng jamoatchilikka yetkazish uchun xalqaro konferensiya tashkil etmoqda, deb xabar qiladi Zarnews.
Shu yilning 20-iyun kuni ushbu tashkilotchi idoralar hamkorligida Samarqand davlat universitetida “Bahodir Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar to‘g‘risida”gi 133-F-sonli farmoyishi asosida tashkil etiladigan anjumanda Bahodir Yalangto‘shning Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni, uning hukmdorlik davrida Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, XVII-XVIII asrlarda Samarqanddagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot mavzulari dunyo tarixchi va mutaxassislari tomonidan tarixiy manbalar asosida talqin etiladi.
Izoh (0)