Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos mavsum oralig‘ida klubini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi AS.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda himoyachining klub prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yomonlashgan, bunga pulning aloqasi yo‘qligi ta’kidlangan.
Ramosga “Liverpul” hamda “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Futbolchi 2015-yilda “qizil iblislar” safiga kelib qo‘shilishi mumkin edi.
Shuningdek, Ramos vakillari Xitoy klubidan yaxshigina taklif olgan.
Qolgan klublarga nisbatan “Yuventus” Ramosning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirgan. Turinliklar a’zosi Krishtianu Ronaldu jamoa prezidenti Andrea Anyellidan Ramos bilan shartmona tuzishga maksimal darajada harakat qilishini so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Serxio Ramos 2005-yilda “Real”ga “Sevilya”ga 27 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda tugaydi. Himoyachining shartnomasidagi tovon puli 800 million yevroni tashkil etadi. U “Real”da yiliga 12,5 million yevro ishlab topadi.
Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)