“Marsel” hujumchisi Mario Balotelli Liga 1’ning 38-turida “Monpelye”ga qarshi kechgan bahsda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi (1:0).
28 yoshli Mario uchrashuvning 59-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi va 87-daqiqaga kelib hakam Antoni Gotye tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.
Ma’lumot uchun, Balotelli 2016/17-yilgi mavsumdan buyon Fransiya chempionatida to‘p surib keladi. Shu vaqtga qadar futbolchi Liga’1 da 4-marotaba maydondan chetlatildi.
Bu Yevropaning kuchli beshlik hujumchilari orasida so‘ng uch yildagi eng yomon natija hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli tugallangan mavsumda Fransiya chempionatida 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)