O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Baxtiyor Mansurov hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi O‘zA.
Baxtiyor Mansurov 1946-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi a’zosi. 1963-yildan beri O‘zbekiston Milliy axborot agentligida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. U o‘zining samarali ijodiy faoliyati davrida “To‘lin oy chiqqan kecha”, “Hayot – bu sinov”, “Odamiylik o‘lmasin”, “Savob umidida”, “Oqibat” kabi o‘nlab kitoblar yozgan.
“Bugungi kunda uning o‘nlab shogirdlari respublikamizning turli ommaviy axborot vositalari hamda qator idora va muassasalarida samarali mehnat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)