Farg‘onalik erkak nikohsiz turmush o‘rtog‘ining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
18-may kuni Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida yashovchi 43 yoshli N.A uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan 40 yoshli nikohsiz ayoli L.Gning yuziga qo‘li bilan urgan.
Natijada ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G 19-may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)