A Seriya 2018/19-yilning eng yaxshi o‘yinchilarini ma’lum qildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Eng yaxshi hujumchi nomiga “Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kvalyarella loyiq deb topildi. Eng yaxshi yarim himoyachi — Sergey Milinkovich-Savich (“Latsio”), eng yaxshi himoyachi — Kalidu Kulibali (“Napoli”), eng yaxshi darvozabon — Samir Handanovich (“Inter”) va 19 yoshli Nikolo Zaniolo (“Roma”) eng yaxshi yosh o‘yinchi deb topildi.
G‘oliblar Opta Sports va Netco Sports ma’lumotlariga ko‘ra aniqlandi. Eng yaxshilarni aniqlashda A Seriya, Italiya Kubogi va Superkubogi uchrashuvlari hisobga olingan.
Futbolchilarga ushbu mukofot chempionat doirasida kechadigan uy uchrashuvlari oldidan topshiriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)