AQSh tomonidan yadroviy qurollanishning Yevropaga joylashtirilishi uni qo‘llanilishidan dalolat. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qurollanish bo‘yicha nazorat departamenti direktori Vladimir Yermakov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Yermakov Yevropa davlatlarini Vashingtonga xavf tug‘dirish imkoniyatini yaratib berayotgani uchun tanqid qildi.
“Vashingtonga bog‘lanib qolgan mamlakatlar o‘zini hech nima bo‘lmayotgandek tutmoqda yoki XXI asrda Yevropa hududida yadroviy qurollardan yadroviy qurollanishga ega bo‘lmagan davlatlar ishtirokida foydalanishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini hatto o‘ylab ko‘rishga ham qo‘rqadi”, — deydi Yermakov.
Bugun, 14-may kuni Sochida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo hamda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida muzokara o‘tkaziladi. Davlat kotibini Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qabul qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)