Braziliya sobiq prezidenti Mishel Temer sudning uni hibsga qaytarish haqidagi qaroridan so‘ng politsiyaning San-Pauludagi shtab-kvartirasiga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rio-de-Janeyro federal sudi 8-may kuni qator korrupsiyaviy mojarolar bo‘yicha tergovlar ketayotgani uchun Temerni hibsga qaytarish haqida qaror qabul qildi. U dastlab 21-mart kuni San-Pauluda hibsga olingan biroq oradan 4 kun o‘tib qo‘yib yuborilgan edi.
Hozirda Temer politsiyaning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq qarorini kutmoqda.
Izoh (0)