AQSh KXDR tomonidan sanksiyalar tartibi buzilgani munosabati bilan ilk bor Shimoliy Koreya kemalaridan biri — Wise Honest’ni tortib qo‘ydi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
17 ming tonnadan ortiq yuk ortishga qodir KXDR yuk kemasi boshqa davlatlarga ko‘mir yetkazib berganlikda ayblanib tortib qo‘yilgan. Bunday harakatlar BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari bilan taqiqlangan.
Mazkur kema noqonuniy ko‘mir tashib, KXDRga og‘ir mashinasozlik jihozlarini yetkazish bilan shug‘ullangan. AQSh rasmiylari sud tartibida kemani musodara etishga harakat qilmoqda.
Izoh (0)