Bugun, 9-may kuni O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning turmush o‘rtog‘i dublyaj rejissori Mirg‘iyos Soatov 82 yoshida vafot etdi. Marhum peshin namozidan keyin dafn qilindi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Mirg‘iyos Soatov 10-aprel kuni 82 yoshni qarshilagandi. U ikki marotaba yurak xurujini o‘tkazgan, tavallud kunida ham shifoxonada bo‘lgan.
Mirg‘iyos Soatov nafaqat dublyaj rejissori, balki bir qancha filmlardagi rollari bilan ham tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan.
Bundan bir necha yil avval To‘ti Yusupova va Mirg‘iyos Soatovning ikki o‘g‘li ham vafot etgan edi.
Izoh (0)