Meksikada Bombardier xususiy samolyoti qulashi oqibatida 14 kishi — 11 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Samolyot Las-Vegasdan Monterreyga qaytayotgandi. Uning yo‘lovchilari meksikalik Saul Alvares va amerikalik Daniel Jeykobs o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan jangni ko‘rishga borgan.
Havo kemasi bo‘laklari Monklova shahridan 200 kilometr uzoqlikdagi sahrodan topildi. Uning halokatga uchrashi sabablari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)