6-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionati 35-turining so‘nggi o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi “San-Siro” stadionida “Bolonya”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “rossonerilar” a’zolari Suso (37) hamda Fabio Borini (67) urgan gollarga mehmon jamoa hujumchi Mattia Destroning (72) goli bilan javob qaytardi (2:1).
Shu tariqa milanliklar oz maydonida “Bolonya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qayd etish joiz, o‘yinda Milan klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa (74), “Bolonya” futbolchilari Nikola Sansone (90+6), Mitchell Deyks (90+6) hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.
Ushbu turdan so‘ng “Milan” 59 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bolonya” hisobida esa 37 ochko mavjud va jamoa 15-o‘rinda bormoqda.
35-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
A Seriya
35-tur bahsi
6-may, dushanba
“Milan”—“Bolonya” 2:1
Gollar: 1:0 — 37 Suso, 2:0 — 67 Borini, 2:1 — 72 Destro“Milan”: Donnarumma, Musakkyo, Abate, Sapata, Rodriges, Kessie, Bigliya (Mauri, 26), Chalxano‘g‘lu (Borini, 61), Lukas Paketa, Suso (Kastilyexo, 79), Pyontek
“Bolonya”: Skorupski, Voynovich, Deyks, Kalabrezi, Larangeyra, Svanberg (Destro, 63), Poli (Santander, 86), Pulgar, Orsolini (Edera, 80), Palasio, Sansone
Ogohlantirishlar: Poli (44), Sansone (57), Kalabrezi (65), Lukas Paketa (74), Pulgar (75), Kessie (90)
Chetlatishlar: Lukas Paketa (74), Sansone (90), Deyks (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)