“Aeroflot”ning “Sheremetyevo” aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan havo kemasi ekipaji yo‘lovchilarni qutqarish uchun barcha choralarni ishga soldi. Bu haqda kompaniya bayonotida ma’lum qilingan.
“Evakuatsiya sohada talab etiladigan 90 soniyada emas, atigi 55 soniyada bajarildi. Havo kemasi komandiri yonayotgan samolyotni oxiri bo‘lib tark etdi”, — deyiladi bayonotda.
Kompaniya falokatga sabab sifatida bortdagi nosozliklar tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan samolyot qo‘nganidan so‘ng dvigatellarning alangalanishini ko‘rsatgan.
“Aeroflot” tomonidan aviahalokat qurbonlari va jarohatlanganlarning oila a’zolarini Moskvaga bepul yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Izoh (0)