AQSh va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Suhbat 1,5 soatga yaqin davom etdi, deya xabar beradi “TASS”.
Muloqot davomida Putin va Tramp Venesueladagi vaziyat, Shimoliy Koreya yetakchisining Rossiyaga tashrifi, Rossiya va AQSh o‘rtasida strategik qurol-aslahalar bo‘yicha yangi kelishuvni imzolash imkoniyatini muhokama qildi.
Ikki davlat yetakchilari, shuningdek, maxsus prokuror Robert Myullerning hisoboti, Ukrainada yakuniga yetgan prezidentlik saylovi yakunlarini ham tilga olgani bildirilmoqda.
Kreml matbuot xizmati muloqot AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilganini qayd etdi.
Izoh (0)