Floridada Guantanamodan uchib kelgan Boeing 737 samolyoti qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish maydonidan chiqib ketib, daryoga quladi. Bu haqda Jeksonvilldagi harbiy-dengiz bazasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Miami Air kompaniyasiga tegishli layner Kubadadan Floridaga yo‘l olgandi. Havo kemasi AQShning Guantanamodagi bazasidan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek, bazaga tashrif buyuruvchilarni Floridaga va yana qayta Guantanamoga tashiydi.
Samolyot bortida 143 kishi — 136 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani bildirilmoqda. Ulardan 21 nafari yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi.
Izoh (0)