Shimoliy Koreya 4-may kuni tongda yaqin masofalarga mo‘ljallangan bir necha raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Raketalar Vonsan shahridan Yapon dengizi tomoniga yo‘llangan va 70 kilometrdan 200 kilometrgacha masofani bosib o‘tgan.
Pxenyan tomonidan bu borada rasmiy bayonot berilmagan.
AQSh Shimoliy Koreya raketalar uchirganidan xabardor va vaziyatni kuzatib bormoqda. Bu haqda prezident Donald Trampga ma’lum qilingan.
Izoh (0)