Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi 1.31 “Sun’iy yo‘l notekisligi” yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Hozircha bu kabi birinchi yo‘l belgisi Sergeli tumanida o‘rnatildi. Ushbu ogohlantiruvchi belgi transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganliklari haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora ko‘rishni talab qiladi.
Izoh (0)