Moskva G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimga xorijiy davlatlar yetakchilari kelishini kutmayapti. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Yo‘q, hech kimni kutmayapmiz”, — dedi Peskov bu haqdagi savolga javob berar ekan.
Oldinroq Peskov Kreml xorij davlat rahbarlaridan hech kim 9-may kuniga maxsus taklif etilmaganini bildirgandi.
Izoh (0)