“Portu” darvozaboni Iker Kasilyas mashg‘ulotlar vaqtida yurak xurujiga uchradi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbada yozilishicha, futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida o‘zini yomon his qilgan. Hozirda 37 yoshli darvozabon hayotiga xavf tug‘diradigan holatlar mavjud emas. Iker endi joriy mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Kasilyas 2015-yildan beri Portugaliya klubi sharafini himoya qilib keladi.
Uning portugaliyaliklar bilan tuzgan shartnomasi yana bir mavsumdan so‘ng tugaydi.
Eslatib o‘tamiz, Iker Kasilyas joriy mavsum “Portu” tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazdi.
U Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi (15 ta gol o‘tkazib yubordi) va “Portu”ning chorak finalgacha borishida o‘z hissasini qo‘shdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)