Prezident qaroriga binoan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxati ma’qullandi.
Ro‘yxatda Toshkent—Andijon pullik avtomobil yo‘li qurilishi belgilangan.
Loyihani amalga oshirishga Transport vazirligi, Toshkent va Namangan viloyatlari hokimliklari, DXSh agentligi mas’ul etib belgilangan bo‘lib, 2019-yil iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuziladi.
Loyiha konsepsiyasi 2020-yil aprel oyida ma’qullangandan so‘ng, uni amalga oshirishda ishtirok etuvchilarni baholash va saralash jarayoni bo‘lib o‘tadi.
Tender g‘olibi 2020-yil dekabrda e’lon qilinib, yo‘l qurilishi 2021-yil avgust oyida boshlanadi.
Izoh (0)