Los-Anjelesda kinorejissor Jon Singlton 52 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.

Foto: AP

Jon Singlton 17-aprel kuni insultni boshdan o‘tkazgan va zudlik bilan Sedars-Sinay kasalxonasiga yetkazilgan. Rejissorning qarindoshlari uni 29-aprel kuni hayotni saqlab turish qurilmasidan uzishga rozilik bergan.

“Jon o‘z oilasi va qarindoshlari davrasida vafot etdi. Biz bunday og‘ir paytda qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lgan Jonning barcha muxlislari, do‘stlari va hamkasblariga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi Jonning oila a’zolari bayonotida.

Jon Singlton 1991-yilda, Ays Kyub, kenja Kuba Guding va Lourens Fishbern rol o‘ynagan “Qo‘shni bolalar” (“Boyz N The Hood”) filmi bilan debyut qilgan. O‘sha vaqtda 24 yoshda bo‘lgan Singlton ushbu film uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Jon Singlton, shuningdek, “Shaft” (“Shaft”), “Bolakay” (“Baby Boy”), “Forsaj 2” (“2 Fast 2 Furious”) va boshqa filmlari bilan mashhur.