Turkiyalik mashhur aktyor, ikki oy avval Toshkentda bo‘lib qaytgan Burak O‘zchivit ota bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
13-aprel kuni O‘zchivitning rafiqasi Faxriya Evjen o‘g‘il farzand ko‘rdi. Chaqaloq sog‘lom ekanligi, 3 kilogrammdan oshiq vazn bilan tug‘ilgani aytilmoqda.
Chaqaloqqa Karan deb ism qo‘yildi. Burak O‘zchivit bolasi tug‘ilish vaqti rafiqasi yonida bo‘lgan va uni qo‘llab- quvvatlab turgan.
Ona-bolaning holati yaxshi, ular tez kunda tug‘ruqxonadan chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)