Moskvada rejissor Georgiy Daneliya 88 yoshida vafot etdi, deb yozadi TJournal. Bu haqda uning oilasi OAVga ma’lum qilgan.
23-fevral kuni Daneliya o‘pka shamollashi bilan kasalxonaga tushgan. Ertasi kuni uni sun’iy komaga tushirishgan.
Daneliya 1930-yil 25-avgust kuni Tbilisida tug‘ilgan, 1959-yilda “Mosfilm” qoshidagi Oliy rejissorlik kurslarini tugatgan. So‘ng kinostudiyada postanovkachi rejissor bo‘lib ishlay boshlagan.
U “Afonya” (1975), “Mimino” (1977), “Kuzgi marafon” (1979) va “Kin-dza-dza” (1986) kabi filmlar orqali tanilgan.
U bir qator kinomukofotlar va davlat mukofotlari sohibidir.