Qo‘shma Shtatlarda 1920—1950-yillar muhtasham, ulkan va boy ko‘rinishdagi hashamatli “kinosaroylar”ning gullagan payti bo‘lgan, deb yozadi TJournal.
Gollivudning oltin asrida mamlakat bo‘ylab bu kabi minglab saroylar barpo etilgan: kinokompaniyalar o‘z filmlarini namoyish etish uchun muhtasham saroylar qurish bo‘yicha musobaqalashgan.
Hatto og‘ir damlarda ham odamlar ushbu maskanlarga tashvishlardan chalg‘ish uchun tashrif buyurgan.
1948-yilda esa AQSh Oliy sudi bir kinokompaniya tasarrufida mingta kinoteatr bo‘lishiga qarshi qaror chiqargan. Ular buni monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzilishi deb sanagan. Natijada Warner Bros. Pictures, Paramount va boshqa studiyalar ko‘plab “saroylar”dan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.
Shundan buyon kinozallar turfa xil taqdirlarda “hayot kechirmoqda”: ayrimlari tashlandiq holga kelgan, ayrimlar avtobus depo va kompaniyalarga aylangan. Fransuz suratchilari Iv Marshan va Romen Meffre o‘z loyihasi uchun o‘n yildan ortiq vaqt davomida AQSh “kinosaroylari” taqdirini o‘rganmoqda.
Fotoloyiha mualliflari faoliyati davomida do‘kon, omborxona va sportzalga aylangan o‘nlab kinoteatrlarni topgan. Ularning suratlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)