27-aprel kuni Kim Chen In o‘zining zirhli poyezdida Rossiya safaridan KXDRga qaytib keldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Uni partiya va hukumat rahbarlari kutib olgan. Bolalar esa unga xushbo‘y gullar guldastasini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 24—26-aprel kunlari Rossiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, prezident Vladimr Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Lekin ikki davlat rahbarlari o‘rtasida aniq shartnomalarga erishilmagan.
Izoh (0)