25-aprel, payshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida o‘zbekistonlik bokschilar o‘rtasidagi so‘nggi 2 ta jang bo‘lib o‘tdi.
Dastlab -57 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Yodgoroy Mirzayeva Xitoy taypeyilik bokschi Yu-Ting Linga qarshi ringga ko‘tarildi.
3 raundlik jang yakuniga ko‘ra Yodgoroy raqibiga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Oxirgi jangda -64 kg vazn toifasi vakili Maftuna Meliyeva hindistonlik bokschi Kaur Baatga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)