2019-yil 24-aprel kuni soat 16:50 larda Namangan shahri Mingterak mahallasida yashovchi X.N.ning 2018-yilda tug‘ilgan qizchasi uyida nazoratsiz qolishi oqibatida isitish pechiga ulangan gaz shlangini tortib yuborgan. Natijada alangadan kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ota-onalardan uydagi isitish va boshqa maishiy texnikalardan foydalanganda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishini, yosh bolalarni aslo nazoratsiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Izoh (0)