Qozog‘istonda o‘tkazilgan saylovlar arafasida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev qozog‘istonliklarga mehr va cheksiz muhabbat uchun minnatdorchilik bildirdi hamda unga yana prezidentlikka nomzodi qo‘yilishini so‘rab ko‘plab murojaatlar bo‘layotganligini aytdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
“Men kutilmaganda prezidentlikdan ketish to‘g‘risida qabul qilgan qarorimdan so‘ng fuqarolardan juda ko‘plab xatlar oldim. Qozog‘istonliklar mendan yana saylovda ishtirok etishimni so‘ramoqda. Men xalqimning xavotirini yaxshi tushunaman — ular barqarorlikni, yillar davomida mustahkamlangan qadriyatlarni istaydi”, — dedi Nazarboyev.
“Men ana shunday mehr-muhabbat va menga nisbatan bo‘lgan munosabat oldida bosh egaman. Men odamlarning tashvishlarini tushunaman va Qosim-Jomart To‘qayev — butun Qozog‘istonning do‘stlik va teng huquqlilik siyosatini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilaman”, — dedi Nazarboyev.
U zamonaviy Qozog‘istonni yaratish sharafiga muyassar bo‘lganini ta’kidladi.
“Taxminan 30 yil davomida Qozog‘iston xalqi menga yuqori lavozimni ishondi. Men xalqim, qo‘shnilarim bilan birgalikda zamonaviy Qozog‘istonni yaratish sharafiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman. Qanchalik og‘ir damlar bo‘lmasin, mening xalqim meni va mening tashabbuslarimni qo‘llab quvvatladi, men bilan birga bo‘ldi. Men xalqimdan cheksiz minnatdorman”, — deya u fikrini yakunlagan.
Izoh (0)