Shri-Lanka orolida bo‘lgan portlash oqibatida daniyalik milliarder Anders Xolx Povlsenning 4 nafar farzandidan 3 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Bi-bi-si”ning ma’lum qilishicha, Povlsenning oilasi pasxa bayramini nishonlash uchun Shri-Lankaga kelgan edi.
21-aprel kuni Shri-Lankadagi pasxa nishonlanayotgan mehmonxonalar va cherkovlarda 8 ta portlash sodir bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 290 kishi halok bo‘lgan hamda 500 kishi jarohat olgan.
Sakkizta terrorchilik hujumlarining 6 tasi o‘z joniga qasd qilgan bombachilar tomonidan uyuhstirilgan. Qolgan ikkitasi o‘rganilmoqda. Hukumat voqeada “Tavhid jamoat” islom guruhini ayblamoqda.
Anders Xols Povlsen Daniyaning Bestseller kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yagona egasi hisoblanadi. Kompaniya Jack & Jones, Only va Vero Moda brendlari ostida kiyim ishlab chiqaradi. Povlsen, shuningdek, Asos kiyim sotadigan internet-do‘konining ham yirik aksioneri hisoblanadi. U 27% aksiyaga egalik qiladi. Forbes jurnali Povlsenning boyligini 7,9 milliard dollar deb baholagan (dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 252-o‘rin).
Izoh (0)