2019-yilning yanvar — mart oylarida FHDYo organlari tomonidan sakkiz mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan birinchi chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etilgan hisobotidagi ma’lumotiga tayanib “Xalq so‘zi” xabar qiladi.
Unda qayd qilinishicha, ajrimlar sonida 2018-yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro (25,0 %), Namangan (16,7 %), va Andijon (11,1%) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2018-yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (33,3 %) Samarqand va Xorazm (11,1 %) viloyatlarida kuzatildi.
Izoh (0)