Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qordoy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Ulardan 8 nafari Qozog‘iston, 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi edi.
Izoh (0)