Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 16-aprel kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 15-aprel kuni Yashnobod tumanida yashovchi Sh.Sh. Arnasoy ko‘chasida joylashgan Playstation o‘yingohidan 1 dona Playstation-4 o‘yin moslamasi va 4 dona boshqaruv pultini o‘g‘irlab ketgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Sh. hibsga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)