15-aprel kuni Quddusdagi ibodatxonalar tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, noma’lum sabablarga ko‘ra Vaqf tomonidan qo‘riqlanadigan hududdagi Ibodatxonalar tog‘ida o‘t chiqqan.
O‘t o‘chirish xizmati xodimlari tomonidan yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘in kelib chiqishi sababi o‘rganilmoqda.
Ibodatxonalar tog‘i — Eski Quddus shahridan sharqda joylashgan baland devorlar bilan o‘rab olingan maydon. Musulmonlar uchun uchinchi o‘rindagi, yahudiylar uchun eng muqaddas joy hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Parijdagi Notr-Dam-de-Pari soborida ham yong‘in sodir bo‘ldi.
Izoh (0)