14-aprel kuni Nepalning Lukla shahridagi Tentsing va Hillari aeroportida aviahalokat sodir bo‘ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Voqea guvohi samolyotning halokatga uchragan vaqtini tasvirga olgan.
Unda Summit Air aviakompaniyasiga qarashli L-410UVP-E20 Turbolet samolyoti parvozni amalga oshirayotgan vaqtda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan. Samolyot turargohdagi ikki vertolyotga borib urilgan.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida ikki kishi — ikkinchi uchuvchi va samolyot yo‘lida uchragan politsiyachi halok bo‘lgan. Jiddiy jarohatlar olgan yana bir tartibni saqlovchi soqchi shifoxonada vafot etgan.
Halokatga uchragan samolyot komandiri va urilgan vertolyot uchuvchisi kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)