Oliy Rada deputati, Ukraina qahramoni Nadejda Savchenko qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kiyev viloyatining Brovarsk shahar sudi Savchenkoning hibs muddati tugagani sababli shunday qaror qabul qildi. U bilan sherigi Vladimir Ruban ham ozod qilindi.
Savchenko va Ruban 2018-yil mart oyidan beri qamoqda saqlanayotgan edi. Prokuraturaga ko‘ra, ular Ukraina parlamentida terakt va prezident Pyotr Poroshenkoga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgan.
Izoh (0)