Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-aprel kuni “Rusatom Xelskeya”, “Rusatom—Xalqaro tarmoq” va O‘zbekiston Yadro Fizikasi Instituti radiatsion texnologiyalar va yadroviy tibbiyot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Foto: Aysor.am

Foto: Aysor.am

Hujjat “ATOMEXPO—2019” XI Xalqaro forumi doirasida imzolangan. “Rusatom Xelskeya” tomonidan hujjatni Bosh direktor Aleksandr Shibanov, RMS tomonidan Aleksandr Merten, O‘zbekiston tomonidan — Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev imzolagan.

Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistondagi Yadro fizikasi institutda siklotron radiokimyoviy mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani birgalikda ishlab chiqishga kelishib olgan, bu esa O‘zbekistonda radioizotop mahsulotlarini ishlab chiqarishni va respublikada ham, uning tashqarisida ham amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

Shartnoma shuningdek O‘zbekistonda tibbiyot asbob-uskunalari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga shartnoma asosida radiatsiyaviy davolash xizmatlarini taqdim etadigan ko‘p maqsadli radiatsion markaz (KRM)ni yaratish bo‘yicha loyihani ham o‘z ichiga oladi.

Imzolangan hujjat radioizotop mahsulotlarini ishlab chiqarish, yangi materiallar va radiatsiyaviy qayta ishlash kabi istiqbolli ilmiy-texnikaviy sohalarda hamkorlikning yangi ufqlarini ochib beradi. O‘zbekistonda zamonaviy radiatsion texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashga, shuningdek, eksport hajmini oshirishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim