Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXM) Tahlil markazi direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazansev Qozog‘iston prezidentining Toshkentga tashrifi haqida o‘z fikrlarini bildirdi, bu haqda Sputnik xabar beradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida ishonchli munosabat o‘rnatilgan. Ehtimol, Qosim-Jomart To‘qayev bu an’anani saqlab qolishni xohlamoqda.
O‘zbekiston aholi soni jihatidan mintaqada eng katta davlat hisoblanib, Markaziy Osiyoning markazida joylashgan. O‘zbekiston ishtirokisiz hech qanday mintaqaviy hamkorlik bo‘lishi mumkin emas.
Qozog‘iston siyosati har doim O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga asoslangan, shu bilan Markaziy Osiyo integratsiyasi uchun zamin yaratadi. Bo‘lmasa Qozog‘iston va qo‘shni davlatlar bilan ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal qilish mumkin emas. Shuningdek, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolari – u yerda ko‘p narsa bor: diniy aqidaparaslik, kontrabanda va narkotiklar.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida munosabatlar rivojlanishi hech kimga xalaqit qilmaydi. Misol uchun, agar Yevropada Qozog‘iston prezidentining Rossiyaga tashrifini juda diqqat bilan kuzatishgan bo‘lsa, qo‘shni O‘zbekistonga tashrifi esa xotirjamlik bilan qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2019-yil 14-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.
Davlat rahbarlari Qosim-Jomart To‘qayevning Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ilk bor uchrashadi.
Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)