O‘zbekistonlik Dilobar Saydullayeva Qrimda bo‘lib o‘tgan “Sportkrasa-2019” xalqaro sport va go‘zallik tanlovida 20 nafar boshqa sportchi qizlar qatorida qatnashdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.
Jang san’ati bilan shug‘ullanib, xalqaro darajada katta yutuqlarga erishgan ayollar o‘rtasida 2—6-aprel kunlari Yaltada “Sportkrasa-2019” xalqaro sport va go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tgan. Qolgan 20 nafar ishtirokchi orasida Dilobar Saydullayeva “Eng zebo ayol” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Festival BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va 6-aprel kuni nishonlanadigan Xalqaro sport kuniga bag‘ishlangan. Festivalning final bosqichida 20 nafar qiz ishtirok etgan. Ular milliy liboslar, badiiy chiqishlar va videoroliklar namoyish etgan.
Dilobar Saydullayeva taekvondo bo‘yicha sport ustasi, bir qancha chempionatlar ishtirokchisi va g‘olibi, shuningdek, O‘zbekistonning yakka kurash ustasi unvoniga ham ega. Tanlovda u o‘z nafosati va chiroyli tabassumi bilan hakamlar hay’ati e’tiboriga tushgan.
Izoh (0)