Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv olib borildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tekshiruv davomida fuqaro M.G. 2018-yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)