Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR-markazi xabar berdi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov o‘z ma’ruzasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning keng istiqbollari mavjudligini ta’kidladi.
Uchrashuvda Avstriyaning yetakchi kompaniyalari bilan kimyo sanoati, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bank sohasi ham bu borada kam salohiyatga ega emas: oldindan o‘rnatilgan aloqalar asosida Rayffayzenbank va Avstriya taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Xorijiy delegatsiya rahbari Frans Vessig o‘z navbatida avstriyalik kompaniyalarning O‘zbekistonda biznesni rivojlantirishga qiziqishini yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida avstriyalik va o‘zbekistonlik kompaniyalar vakillari hamda alohida B2B sessiyalari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda yuqorida aytib o‘tilgan sohalarda qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Keyingi biznes-forum joriy yilning kuzida Vena shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)