10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi “Ayaks” maydoniga safar qildi.
Bellashuvning 45-daqiqasida turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu Juau Konselu uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 2-bo‘limning dastlabki daqiqasida mezbon jamoa a’zosi David Neres hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa jamoalar durangga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvi 17-aprel kuni Turin shahrida bo‘lib o‘tadi.
YChL
1/4 final bahslari
10-aprel, chorshanba
“Ayaks”—“Yuventus” 0:1
Gollar: 0:1 — 45 Ronaldu, 1:1 — 46 Neres“Ayaks”: Onana, Veltman, De Ligt, Van De Bek, Neres, Tadich, Blind, Shyone (Ekkelenkamp, 75), De Yong, Ziyosh, Talyafiko
“Yuventus”: Shensni, Sandro, Bonuchchi, Rugani, Kanselu, Matyuidi (Dibala, 75), Pyanich, Bentankur, Ronaldu, Bernardeski (Hedira, 90+3), Manjukich (Duglas Kosta, 60)
Ogohlantirishlar: Talyafiko (41), De Yong (55), Shyone (71), Pyanich (83), Ekkelenkamp (90+3)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)