Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat va ushbu mamlakatda tinchlik jarayonini boshlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston — AQSh hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hamda Afg‘onistonda yirik ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni barpo etishda va infratuzilma loyihalarini tadbiq etishda amaliy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar muhokama qilindi. Ushbu loyihalar Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatdan Markaziy Osiyo hududining uzviy qismi bo‘lishiga imkon yaratadi.
TIVdagi uchrashuvda boshqa xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Suhbatda Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etdi.
Izoh (0)