Afrika qit’asidagi eng boy odami sifatida tan olingan nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote o‘ziga o‘zining boyligini isbotlaganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u qachonlardir haqiqatan ham boy ekaniga ishonch hosil qilish uchun hisobidan 10 million dollarni yechib olgan.
“Biznes boshlanganida, maqsad— birinchi millionni topish bo‘ladi. Ammo taxminan bir yil o‘tib, mening boyligim 12-13 milliard dollardan oshgach, men ularni shunchaki qog‘ozda yozilgan raqamlar deb hisoblardim”, — deydi Dangote.
O‘shanda u bankka borib, hisobidagi mablag‘ning bir qismini yechib oldi. Shundan keyin u pulini mashinasining yukxonasiga joylashtirdi va uyga yetib kelgach, yukxonani ochib ularga qaradi. Ularning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilib, keyingi kuni milliarder uni bankka qaytarib topshirgan.
Izoh (0)