Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo‘jaev Navoiy viloyat Zarafshon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyat Zarafshon shahridagi 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida 9-aprel kuni viloyatning Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazilgan. Uchrashuvda Navoiy viloyat prokurori va Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida shahar va tumanda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan o‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Sayyor qabul davomida 18 ta fuqaroning murojaati eshitildi.
Izoh (0)